date

Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida gapirdi

Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida gapirdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hazm”ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:0) jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bellashuv yakunida u kelajagi borasida ham fikr bildirdi.

“Buni avval ham ko‘p marta aytganman: mening kelajagim Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq. Bu yerda o‘zimni baxtli his qilyapman va qolishni xohlayman”, — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Eslatib o‘tamiz, oy boshida Ronaldu klub rahbariyati ishidan norozi bo‘lgani sabab jamoasining ayrim o‘yinlarida qatnashmagandi. Keyinroq u maydonga qaytdi va ketishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu dublidan keyin kelajagi haqida gapirdi