Blatter Trampni FIFA uchun eng salbiy omil deb atadi

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter AQSHning amaldagi rahbari Donald Tramp haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radio Canada'ga bergan intervyusida shveysariyalik funksioner jahon chempionati AQSHda o‘tkazilmasligi kerakligini ta’kidladi.
Blatterning aytishicha, Tramp FIFA tarixida uchragan eng yomon hodisalardan biri bo‘lgan, 2026 yilgi mundial atrofidagi jarayonlar esa asosan moliyaviy manfaatlar bilan bog‘liq. U Meksika va Kanada bu hamkorlikdan faqat “mayda ulush” olishini qo‘shimcha qildi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Hozirgi amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi: 2022 yilgi mundial finalida “albiseleste” Fransiya ustidan g‘alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing