date

Pavlyuchenko Tottenham–Arsenal o'yinida yirik hisobni kutmayapti

Pavlyuchenko Tottenham–Arsenal o'yinida yirik hisobni kutmayapti

Moskvaning «Spartak» klubida to'p surgan sobiq hujumchi Roman Pavlyuchenko APLning 27-turi doirasidagi bahsda «Arsenal» «Tottenham»ni mag'lub etishi kerakligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar 22-fevral kuni «shporlar»ning uy stadionida to'qnash keladi. Uchrashuv 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Pavlyuchenkoning fikricha, «Tottenham» hissiyotlar ta'sirida o'ynab, bosimni oshirishga urinadi, biroq tarkib sifati va joriy o'yin darajasi bo'yicha bugun «Arsenal» kuchliroq ko'rinmoqda. «Yirik hisob bo'ladi, deb o'ylamayman. Ko'proq xarakter evaziga qozonilgan g'alaba — 1:0 yoki 2:1 bo'lishi mumkin», — dedi u «Stavka TV»ga bergan intervyusida.

27 turdan so'ng «Arsenal» 58 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan. «Tottenham»da esa 29 ochko bor, jamoa 16-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pavlyuchenko Tottenham–Arsenal o'yinida yirik hisobni kutmayapti