date

L’Equipe Safonovni o‘yinda eng past bahoga loyiq ko‘rdi

L’Equipe Safonovni o‘yinda eng past bahoga loyiq ko‘rdi

Fransiyaning L’Equipe nashri PSJ darvozaboni Matvey Safonovga Liga 1ning 23-turida «Metz»ga qarshi o‘yinda eng past bahoni berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Sofascore ham rossiyalik posbonni Dro Fernandes va Lukas Beraldo bilan bir qatorda uchrashuvning eng omadsiz futbolchilari qatoriga kiritgandi. Qizig‘i, «Metz» futbolchilari Safonov qo‘riqlagan darvozaga birorta ham zarba yo‘llay olmadi.

L’Equipe reytingida Safonov 5 ball bilan Beraldo, Fernandes va Dezire Due bilan bir qatorda qayd etildi. Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarny esa 6 ball oldi.

Uchrashuv parijliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Safonov yana jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » L’Equipe Safonovni o‘yinda eng past bahoga loyiq ko‘rdi