date

Simeone Atletiko imkon qadar yuqoriga ko‘tarilishni istaydi

Simeone Atletiko imkon qadar yuqoriga ko‘tarilishni istaydi

Ispaniya chempionatida Madridning «Atletiko» jamoasi «Espanol»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Diyego Simeone o‘yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik mutaxassisning aytishicha, raqib birinchi bo‘lib hisobni ochganiga qaramay, «matraschilar» sarosimaga tushmagan: jamoa o‘z o‘yinini davom ettirib, imkoniyatlarini izlagan va butun bahs davomida nazoratni qo‘ldan bermagan. Simeone bu g‘alabani muhim deb baholadi.

Simeone «Atletiko» Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogida yaxshi natija ko‘rsatayotganini ta’kidladi. La Ligada peshqadamdan oraliq katta bo‘lsa-da, jamoa tempni pasaytirmasdan, turnir jadvalida imkon qadar yuqoriroqqa ko‘tarilish uchun kurashishini bildirib o‘tdi.

Hozirda «Atletiko» 48 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi «Real»dan 12 ochkoga ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Simeone Atletiko imkon qadar yuqoriga ko‘tarilishni istaydi