Parij klubida bosh murabbiy almashishi kutilmoqda

«Parij» klubi bosh murabbiylik masalasida o'zgarish arafasida turibdi. Le Parisien xabariga ko'ra, Antuan Kombuare jamoani qabul qilib olishga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, hozirgi bosh murabbiy Stefan Jil chempionatdagi qoniqarsiz natijalar sabab iste'foga chiqarilishi mumkin. «Parij» bir oydan ortiq vaqt davomida g'alaba qozona olmayapti.
Kombuare tayinlovi 23-fevral kuni rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. Yangi Kaledoniyada tug'ilgan mutaxassis futbolchilik faoliyatining katta qismini Fransiya klublarida o'tkazgan, murabbiy sifatida esa «Valansyen», «PSJ» va «Nant»dagi ishlari bilan tanilgan. U «Nant» bilan mamlakat kubogini ham yutgan.
Hozirda «Parij» chempionatda 14-o'rinda bormoqda. O'tgan mavsumda klub quyi ligada ishtirok etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!