Mali Rossiyaga qarshi o'yin bo'yicha bayonot berdi

Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Magassa Rossiya milliy jamoasiga qarshi ehtimoliy o'rtoqlik uchrashuvi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, tomonlar mazkur bahsni FIFA bilan kelishib olgan va hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Magassa Sport24 jurnalistlariga bergan izohida, o'yin natijasi FIFA reytingida inobatga olinishi hamda uchrashuv uchun reyting ochkolari hisoblanishini ta'kidladi.
Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yil fevralidan beri Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Shu sabab milliy jamoa hozircha faqat o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!