date

Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi

Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi

Parma bosh murabbiyi Karlos Kuesta A Seriyaning 26-turi doirasida Milan bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. O‘yin 22-fevral kuni 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kuesta jamoa San-Siroga ochko olish niyatida yo‘l olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Chirkati jarohati sabab safdan chiqqan, Ndiaye esa umumiy mashg‘ulotlarga qaytgan. Shuningdek, Drobnich va Mena ham uchrashuvga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Murabbiy Parma o‘z kuchli jihatlaridan unumli foydalanishga harakat qilishini bildirdi.

Mutaxassis Milan o‘yin uslubida tez-tez o‘zgarish bo‘lishini ham qayd etdi: Komoga qarshi ular faol pressing qo‘llagan, boshqa bahslarda esa to‘pni raqibga ko‘proq topshirib qo‘ygan. Kuesta Parma o‘z imkoniyatlariga tayangan holda o‘ynashi, bo‘sh hududlarga yorib kirishi va har ikkala jarima maydonida ham qat’iy bo‘lishi zarurligini aytdi.

Hozirda Parma turnir jadvalida 29 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Milan esa 54 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi