Safonov Monakoga qarshi o'yin oldidan jangovar kayfiyatda

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar ligasida Monakoga qarshi bahs arafasida jamoa kayfiyati va kutilyotgan o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Luisa Enrike boshchiligidagi parijliklar ilk pley-off uchrashuvida 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
Safonovning aytishicha, birinchi o'yindagi ustunlik jamoaga ma'lum darajada erkinlik beradi, biroq javob bahsi taqdirini oldindan hal qilib qo'ymaydi. Darvozabon o'z Telegram kanalida PSJ Monakoga qarshi o'yinga to'liq tayyorgarlik bilan, "jang"ga shay holda chiqishini yozdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli posbon PSJ safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol o'tkazib yuborgan. U 4 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing