Anchelotti Ronalduning mashg'ulot haqidagi iborasini esladi

Braziliya terma jamoasi boshqaruvida ishlayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professional o'yinchilardan biri. Murabbiy portugaliyalik yulduz bilan bo'lgan suhbatdan bir jumlani ham yodga oldi: «Juda ko'p suv o'simlikni o'ldiradi». Anchelotti fikricha, futbol katta jismoniy yuklama talab qiladi, biroq tiklanish jarayoni ham shunchalik muhim, aks holda jarohatlar ko'pincha ortiqcha zo'riqishdan kelib chiqadi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!