Van de Ven Arsenalni maydondagi eng yaxshi jamoa dedi

"Tottenhem" himoyachisi Mikki van de Ven London derbisida "Arsenal"ning ustunligini tan oldi. APLning 27-turida "kanonirlar" 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Van de Venning aytishicha, o'yinning birinchi bo'limida hisob 1:1 bo'lib turgan paytda "Tottenhem" hali kurashda edi. Biroq "Arsenal" ikkinchi golni urgach, vaziyat yanada og'irlashdi va raqib "Tottenhem"ga qaraganda ancha ko'p xavfli vaziyatlar yaratdi.
Futbolchi yangi murabbiy Tudor haqida ham to'xtaldi: u butun hafta davomida jamoa bilan ishlagan, o'z uslubini singdirishga urinayotganini va har jihatdan yordam berishni istayotganini ta'kidladi. Endi esa "Tottenhem" keyingi uchrashuvga, "Fulhem"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Hozirda "Tottenhem" APL turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. "Arsenal" esa 61 ochko bilan peshqadam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!