Parma 2014 yildan beri ilk bor ketma-ket uchinchi g'alabani oldi

Italiya A Seriyasida “Milan” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi: jamoa “Parma”ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Krestonoslar” uchun bu natija alohida ahamiyatga ega — klub A Seriyasida zamonaviy tarixida ilk bor ketma-ket uch uchrashuvda zafar quchdi.
“Parma” bunday seriyani oxirgi marta 2014 yilda, Roberto Donadoni davrida va klub keyinroq past ligalarga tushib ketishidan avval qayd etgan. Qizig‘i, o‘shanda ham uchinchi g‘alaba “Milan”ga qarshi kelib, o‘yin 4:2 hisobida yakunlangandi.
Hozir “Parma” A Seriya turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa bahorning ilk kunida o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing