date

Kanselu Barselonaga qaytishidagi asosiy sababni aytdi

Kanselu Barselonaga qaytishidagi asosiy sababni aytdi

«Barselona»ning qanot himoyachisi Jоau Kanselu «Al-Hilol»dan ijaraga olingach, katalon klubiga yana kelishni nega istagani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ko'k-anorranglilar» portugaliyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Kanselu avval ham 2023/24 mavsumida «Barselona» safida to'p surgandi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, «Barselona» kiyinish xonasidagi muhit uning faoliyatida ko'rgan eng yaxshisi bo'lgan. Aynan shu omil uning qaytish qarorida muhim rol o'ynagan. Kanselu bunday iliq atmosfera ilk bor 2023 yilda klubga kelganida ham borligini, futbol esa o'zingni yana bir bor ko'rsatish uchun ikkinchi imkon berishini ta'kidladi.

«Barselona» 28-fevral, shanba kuni Hans-Diter Flik boshchiligida o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanselu Barselonaga qaytishidagi asosiy sababni aytdi