date

Yuventus mart oyida Vlahovich bilan muzokara o'tkazadi

Yuventus mart oyida Vlahovich bilan muzokara o'tkazadi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich klub bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi. Avvalroq serbiyalik futbolchi deyarli aniq Turinni tark etishi aytilgandi, biroq so'nggi haftalarda vaziyat o'zgargani qayd etilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar uchrashuvni mart oyiga belgilagan. «Qari sinyora» rahbariyati 26 yoshli forvardning agenti bilan keyingi hamkorlik shartlarini kelishib olishga urinadi.

Vlahovichning «Yuventus» bilan amaldagi mehnat shartnomasi iyun oxirida yakunlanadi. Futbolchi jamoada qolishi uchun maoshi sezilarli kamaytirilishiga rozi bo'lishi kerakligi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, hujumchiga «Barselona», «Milan», «Bavariya» va boshqa klublar ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus mart oyida Vlahovich bilan muzokara o'tkazadi