PSJ Joau Nevesh bilan 2030 yilgacha kelishib oldi

“Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Joau Nevesh klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan bitim shartlarini to‘liq muhokama qilib, yakuniy kelishuvga yaqinlashgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, 21 yoshli portugaliyalik futbolchining maoshi ham oshiriladi. Nevesh PSJ safiga 2024 yil yozida “Benfika”dan 65 mln yevrodan ortiq summa evaziga kelib qo‘shilgandi, uning amaldagi shartnomasi esa 2029 yilda yakunlanishi kerak.
Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasida barcha musobaqalarda 23 o‘yinda maydonga tushgan Nevesh 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma ham muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing