date

Ekspert Napoli jarohatlar tufayli top-4dan chiqib ketishi mumkin dedi

Ekspert Napoli jarohatlar tufayli top-4dan chiqib ketishi mumkin dedi

Italiya A seriyasining 26-turida «Napoli» safarda «Atalanta»ga qarshi o‘ynab, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin neapolliklarning keyingi imkoniyatlari haqida futbol eksperti Eduard Mor fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis «Napoli»da jarohatlar haddan tashqari ko‘pligini, zaxira o‘rindig‘i esa keng emasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, vaziyat jamoa uchun jiddiy muammo va u mavsum yakunida «Napoli»ning kuchli to‘rtlikka kira olmasligiga ham ajablanmasligini «Match TV» efirida aytdi.

Kecha olingan mag‘lubiyatdan so‘ng «Napoli» A seriya jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Antonio Konte shogirdlari 5-o‘rindagi Turinning «Yuventus» jamoasidan 4 ochko oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ekspert Napoli jarohatlar tufayli top-4dan chiqib ketishi mumkin dedi