Denni Myorfi Tottenhemning tushib ketishiga ishonmayapti

Londonning «Tottenhem» klubida to‘p surgan Denni Myorfi jamoaning Angliya Premyer-ligasidagi hozirgi mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myorfi fikricha, «shporlar» quyi ligaga tushib ketmaydi: jamoada APLdagi o‘rnini saqlab qolish uchun yetarli kuch bor. U keyingi uchrashuvlarning barchasi nihoyatda muhim bo‘lishini ta’kidlab, «Tottenhem»ning ehtimoliy tushib ketishi haqida gap ketayotgani o‘ziyoq g‘alati holat ekanini aytdi. BBC sobiq futbolchining so‘zlarini keltirdi.
«Tottenhem» so‘nggi turda o‘z maydonida «Arsenal»dan 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natijadan keyin jamoa 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda, xavfli zona bilan farq esa to‘rt ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!