Pavlyuchenko Everton va Manchester Yunayted o'yinini taxmin qildi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Yunayted» safarda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to'qnashuv borasida Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi va «Tottenhem»da o'ynagan Roman Pavlyuchenko o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pavlyuchenko «Everton» o'z maydonida doimo noqulay raqib bo'lishini ta'kidladi. Uningcha, «MYU» bu bahsda oson g'alabaga erishmaydi, biroq mehmonlarning mag'lub bo'lish ehtimoli ham katta emas. Sobiq futbolchi bu uchrashuvda eng real natija sifatida jangovar durangni ko'rmoqda.
«Everton» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi bugun, 23-fevral kuni «irisok»ning uy stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning matnli onlayn translyatsiyasi Liveresult.ru saytida e'lon qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!