Marellichа Milan mag‘lubiyatidagi gol bekor qilinishi kerak edi

Marellichа Milan mag‘lubiyatidagi gol bekor qilinishi kerak edi

Italiya A Seriyasi sobiq hakami Luka Marelli Parma bilan uchrashuvda Milan darvozasiga urilgan bahsli gol yuzasidan fikr bildirdi. 26-tur bahsi 0:1 hisobida yakunlandi, yagona gol esa futbol jamoatchiligida katta munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

DAZN’da hakamlik bo‘yicha yetakchi tahlilchi sifatida ishlaydigan Marelli epizodni ikki asosiy holat orqali baholadi: Troilo va Bartesagi o‘rtasidagi to‘qnashuv hamda gol oldidan Valentining darvozabon Mayk Menyan harakatiga xalaqit berishi. Uning aytishicha, Troilo — Bartesagi vaziyatida qoida buzilishi aniq ko‘rinmagan, biroq Valenti Menyanga yo‘lni to‘sib, uning harakatlanishiga ataylab halal bergan.

“Qoidalar nuqtayi nazaridan bu gol hisoblanmasligi kerak edi”, — deya Marellining so‘zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.

Natijadan so‘ng Parma turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda, Milan esa 2-pog‘onani egallab turibdi va yetakchi Interdan 10 ochko ortda qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar