Loftus-Chik og'ir jarohat oldi va mavsumni tugatmasligi mumkin

“Milan” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik “Parma”ga qarshi uchrashuvda jag'idan jiddiy jarohat oldi. Italiyaning Sky manbasi xabariga ko'ra, futbolchi dushanba kuni operatsiya qilinadi va amaliyot murakkab kechishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, aralashuvdan keyin Loftus-Chik bir muddat zond orqali ovqatlanishga majbur bo'lish ehtimoli ham bor. Bunday jarohat futbol uchun kam uchraydi, shu sabab tiklanish muddati haqida hozircha aniq gapirish qiyin.
Shu bilan birga, yarim himoyachi 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismini ham o'tkazib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni “Milan” “Parma”ga 0:1 hisobida yutqazdi, Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam “Inter”dan 10 ochkoga ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!