Manchester United futbolchisi haydovchilik huquqidan mahrum bo'ldi

Manchester United himoyachisi Leni Yoro yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzganidan so'ng haydovchilik guvohnomasidan ayrildi. BBC xabariga ko'ra, futbolchi olti oy muddatga rulga o'tira olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shuningdek, Yoroga 666 funt sterling miqdorida jarima ham belgilandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, u ruxsat etilgan tezlik ancha past bo'lgan uchastkada avtomobilni 115 km/soat tezlikda boshqargan. Bu ko'rsatkich o'sha joy uchun belgilangan limitdan qariyb ikki yarim baravar yuqori.
2025/2026 yilgi mavsumda Leni Yoro 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Manchester United hozirda Premyer-liga jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing