date

Torino bosh murabbiy etib Roberto D'Aversani tayinladi

Torino bosh murabbiy etib Roberto D'Aversani tayinladi

«Torino» rasmiy saytida yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi. Jamoani 50 yoshli mutaxassis Roberto D'Aversa qabul qilib oldi, uning shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni turinliklar A Seriyada safarda «Jenoa»ga 0:3 hisobida yutqazdi. Hozirda «Torino» turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

D'Aversa qariyb ikki yil avval «Lechche»dan iste'foga chiqarilgandi: u «Verona» futbolchisining ko'kragiga bosh bilan zarba bergani uchun jazolangan, bu holat 2006 yilgi jahon chempionati finalidagi Zinedin Zidan voqeasini eslatgandi. O'tgan mavsumda esa D'Aversa «Empoli»ni boshqargan.

«Torino»ning navbatdagi uchrashuvi 1 mart kuni o'z maydonida «Latsio»ga qarshi bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Torino bosh murabbiy etib Roberto D'Aversani tayinladi