date

Lisandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Lisandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines «Everton»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. The Athletic xabariga ko'ra, unda boldir mushagi jarohati borasida shubha paydo bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martines MYUdagi faoliyati davomida jarohatlar bilan ko'p kurashgan. U noyabr oyida to'qqiz oylik tanaffusdan so'ng safga qaytib, chap tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lam jarohatidan to'liq tiklangandi. 28 yoshli futbolchi APLdagi so'nggi 9 uchrashuvda ham doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushib kelayotgandi.

Klub ichida hozirgi muammo futbolchini atigi 1–2 haftaga safdan chiqarishi mumkin, degan umid bor.

Angliya chempionatining 27-tur bellashuvi 23 fevral kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lisandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi