Moyes Everton maglubiyatidan so'ng xursand bo'lishga sabab yo'q dedi

APLning 27-turida “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ni mag'lub etdi. Uchrashuvdan keyin “irislar” bosh murabbiyi Devid Moyes — 2013 yilda bir muddat “Manchester Yunayted”ni ham boshqargan mutaxassis — natija yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Hisobdan mamnun bo'lishimga sabab yo'q. Oldinga faqat g'alabalar yetaklaydi, biz esa xohlaganimizdek tez-tez yuta olmayapmiz. Ayniqsa, o'z uyimizda. Bu safar “Manchester Yunayted”ga minimal farq bilan yutqazdik, birinchi davrada esa ularni kichik ustunlik bilan yenggandik. O'shanda ham, hozir ham hammasini mayda detallar va epizodlar hal qildi”, — deya Moyesning so'zlarini BBC Sport keltirdi.
Hozirda “Everton” Angliya chempionati turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!