Vanoli kayfiyat biroz yaxshilangani haqida gapirdi

Italiya A Seriyasida "Fiorentina" turnir jadvalining quyi qismida qo'shni bo'lib turgan "Piza" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Shunga qaramay, sobiq "Spartak" murabbiyi Paolo Vanoli uchrashuvdan keyin to'liq qoniqqandek ko'rinmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Bu kerakli va juda muhim g'alaba. Uni muxlislarimizga bag'ishlayman — biz ularni so'nggi paytlarda kam xursand qilgandik. Nega ikkinchi bo'limda yomonroq o'ynadik? Ular markazdagi chiziqni yuqoriroq ko'tardi, biz esa sustkashlik qildik va o'yin tezligini oshira olmadik. Buni tahlil qilishimiz kerak, ammo hozir hech bo'lmasa kayfiyat biroz yaxshilandi", — deya Vanolining so'zlarini fiorentinanews.com keltirdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "binafsharanglar" A Seriya turnir jadvalida 16-o'ringa ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!