Karrager APL tarixidagi eng zo'r darvozabonni tanladi

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng kuchli darvozabonlar bo'yicha o'zining top-10 ro'yxatini tuzdi. Sky Sports taqdim etgan reytingda u birinchi o'ringa “Chelsi”ning sobiq posboni Petr Chexni joylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karrager tuzgan o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi: Petr Chex, Peter Shmeyxel, Alisson, David de Xea, Tibo Kurtua, Edvin van der Sar, Ederson, Nevill Sautoll, Devid Simen va Pepe Reyna. Qayd etish joiz, ro'yxatda Alisson uchinchi pog'onadan o'rin oldi.
Ayni paytda Angliya chempionati jadvalida “Arsenal” yetakchilik qilmoqda. “To'pchilar” APLni 2004 yildan beri ilk bor qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing