date

Inter Yann Zommer bilan yozda xayrlashishga qaror qildi

Inter Yann Zommer bilan yozda xayrlashishga qaror qildi

Milanning “Inter” klubi darvozaboni Yann Zommer joriy yozda jamoani tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” 37 yoshli shveysariyalikka yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Klub esa uning o‘rniga yoshroq darvozabonni olib kelishni rejalashtirmoqda. Zommer erkin agent sifatida ketadi.

Yann Zommer 2023 yilda “Bavariya”dan “Inter”ga 7 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Bu mavsum u barcha musobaqalarda 33 o‘yin o‘tkazib, 30 gol o‘tkazib yubordi va 17 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portalida Zommerning bozor bahosi 2,5 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Yann Zommer bilan yozda xayrlashishga qaror qildi