date

Syorlot Atletiko safida Chempionlar ligasida rekord o'rnatdi

Syorlot Atletiko safida Chempionlar ligasida rekord o'rnatdi

Aleksandr Syorlotning xet-trigi Madridning «Atletiko» jamoasiga Chempionlar ligasida «Bryugge»ni yirik hisobda mag'lub etishga yordam berdi — 4:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik hujumchi javob uchrashuvida 23-, 76- va 87-daqiqalarda gol urdi. «Matraschilar» ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:4 hisobida ustun kelib, 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, Syorlot «Atletiko» tarixida Chempionlar ligasining pley-off bosqichida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Avvalroq madridliklarning birorta o'yinchisi turnirning hal qiluvchi bosqichida bir uchrashuvda uch marta gol ura olmagan edi.

1/8 finalda «Atletiko»ning raqibi «Tottenhem» yoki «Liverpul» bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Syorlot Atletiko safida Chempionlar ligasida rekord o'rnatdi