Myorfi Nyukaslga Barselona ham Chelsi ham baribir dedi

Chempionlar ligasi pley-off saralashida «Nyukasl» «Qorabog'»dan muammosiz o'tdi. Safardagi 6:1 hisobidagi yirik g'alabadan so'ng masala amalda hal bo'lgan edi. Javob o'yinida esa «soroklar» o'z maydonida ancha kurashli bahsda 3:2 hisobida ustun keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin «Nyukasl» vingeri Jeykob Myorfi 1/8 finalda qaysi raqibni xohlashi haqida savolga javob berdi. Qura natijasiga ko'ra, ingliz klubi keyingi bosqichda «Barselona» yoki «Chelsi»dan biriga qarshi to'qnash keladi.
«Kim bo'lsa ham mayli. Rostini aytsam, bu tarkib pley-offda istalgan jamoa bilan olishishga tayyor. O'zimizga ishonamiz, shuning uchun farqi yo'q», — dedi Myorfi Amazon Prime'ga.
1/8 final uchrashuvlari mart oyida o'tkaziladi. Butun turnir to'ri shakllanadigan qura tashlash marosimi 27-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!