Liverpul va Chelsi APLdagi boshqa klub yulduzini ko'zlamoqda

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Angliya Premer-ligasining yetakchi jamoalari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi noyabr oyida birmingemliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaganiga qaramay, yaqin kelajakda uning transferi ehtimoldan xoli emas. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, «Liverpul» va «Chelsi» Angliya terma jamoasi хавбеги Rodjersga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Aston Villa» bilan muzokaralar yozda boshlanishi mumkin.
Transfermarkt portali Morgan Rodjersning bozor qiymatini 70 mln yevroga baholamoqda. U joriy mavsum 38 uchrashuvda 10 ta gol va 7 ta golli pas muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing