Inter yetakchisi Bastoni Barselona variantini ko'rib chiqmoqda

"Inter"ning markaziy himoyachisi Alesandro Bastoni faoliyatini "Barselona"da davom ettirish ehtimolini o'ylab ko'rishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi oylarda kataloniyalik grand italiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar ko'paygan. Jurnalist Adrian Sanchesning yozishicha, 26 yoshli himoyachi "ko'k-anorranglilar"ning niyati qanchalik jiddiy ekanini bilib olgachgina "Inter" bilan yangi shartnoma masalasini ko'rib chiqmoqchi.
Bastonining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Shunga qaramay, "neradzurrilar" rahbariyati markaziy himoyachi bilan kelishuvni uzaytirishni istamoqda.
Seshanba kuni "Inter" Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketdi: jamoa pley-offdagi ikki o'yin natijasiga ko'ra norvegiyalik "Bude-Glimt"ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!