date

Alessandro Matri Milan oxirgi daqiqalarda shoshilib qoladi dedi

Alessandro Matri Milan oxirgi daqiqalarda shoshilib qoladi dedi

Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Matri jamoa muammolari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, o'yin yakuniga yaqinlashgan sayin «Milan»da ortiqcha shoshilish va tartibsizlik kuchayadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matri ta'kidlashicha, aynan shu holat «Parma»ga qarshi uchrashuvda 80-daqiqada gol o'tkazib yuborilgach, vaziyatni o'nglash uchun zarur bosimni uyushtirishga xalaqit bergan.

«Milan»ning asosiy muammosi — oxirgi daqiqalardagi shoshilish. O'yinchilar mashg'ulotlarda o'rganganlarini ham, rejadagi yechimlarni ham unutib qo'yadi, darvozaga borish yo'llari yo'qoladi. Harakatlar betartib va shoshqaloq bo'lib qoladi, xatolar ko'payadi. Bu, avvalo, ruhiy masala», — dedi Matri pianetamilan.it nashriga.

Alessandro Matri 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alessandro Matri Milan oxirgi daqiqalarda shoshilib qoladi dedi