date

Manchester Yunayted Kazemiro o'rniga Sangareni ko'zlamoqda

Manchester Yunayted Kazemiro o'rniga Sangareni ko'zlamoqda

"Manchester Yunayted" Kazemironing ehtimoliy o'rnini bosadigan futbolchilar ro'yxatini ko'rib chiqishda davom etmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi kelasi yozda klubni erkin agent maqomida tark etishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

GiveMeSport xabariga ko'ra, "qizil iblislar" vakillari "Nottingem Forest" tayanch yarim himoyachisi Ibrohim Sangare o'yinini yuqori baholamoqda va uni 34 yoshli tajribali futbolchining munosib o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Manbaga ko'ra, "MYU" markaziy chiziqni kamida ikki nafar tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Sangarening taxminiy narxi 22 million yevroga baholanmoqda. 28 yoshli tayanch yarim himoyachining "o'rmonchilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Kazemiro o'rniga Sangareni ko'zlamoqda