date

Kristal Pelas Glasner bo'yicha mavsum yakunigacha qaror qildi

Kristal Pelas Glasner bo'yicha mavsum yakunigacha qaror qildi

“Kristal Pelas” bosh murabbiy Oliver Glasnerning kelajagi borasida yakuniy pozitsiyasini belgilab oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Football Insider xabariga ko'ra, klub rahbariyati avstriyalik mutaxassisni ehtimoliy iste'foga oid gap-so'zlarga qaramay, mavsum oxirigacha jamoada qoldiradi. Glasner esa kelasi yozda shartnomasi yakunlangach, klubni tark etadi.

Oliver Glasner “Kristal Pelas”ni 2024 yil fevralidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida London klubi ilk bor tarixida Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Joriy mavsum APLda “Kristal Pelas” 27 o'yindan so'ng 35 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kristal Pelas Glasner bo'yicha mavsum yakunigacha qaror qildi