date

Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti darvozabon Mikеле di Gregorio atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirib, futbolchini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli golkiper so‘nggi uchrashuvlardagi omadsizliklarda asosiy aybdorlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Turin klubi oxirgi to‘rt o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘lib, shu vaqt oralig‘ida 12 ta gol o‘tkazib yubordi.

«Tanqidga xotirjam munosabat bildirishni o‘zimizda tarbiyalashimiz kerak — hammasi shundan boshlanadi. Nima bo‘lishini taxmin qilishni bas qilish lozim. Mas’uliyat har birimizning zimmamizda, barchamiz tanqiddan o‘z ulushimizni olamiz», — dedi Spalletti matbuot anjumanida di Gregorio bilan bog‘liq savolga javob berar ekan.

Bugun «Yuventus» Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida o‘z maydonida «Galatasaroy»ni qabul qiladi. Ilk bahsda turinliklar 2:5 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi