date

Portugaliya terma jamoasi Ronaldu bilan Aztekada o'ynamasligi mumkin

Portugaliya terma jamoasi Ronaldu bilan Aztekada o'ynamasligi mumkin

Mart oyi oxirida Portugaliya terma jamoasi Meksikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi kerak. Bahs yangilangan «Azteka» stadionining qayta ochilishiga bag'ishlab rejalashtirilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq Meksikadagi tartibsizliklar uchrashuv o‘tkaziladigan joy bo‘yicha rejalarni o'zgartirishi mumkin. The Touchline xabariga ko'ra, Portugaliya lagerida xavfsizlik nuqtayi nazaridan mart oyida Meksikada maydonga tushmaslik kerak, degan fikrlar bor.

Manbada qayd etilishicha, muqobil variant sifatida o'yinni AQShga ko'chirish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda. Eslatib o'tamiz, Meksika yozda AQSh va Kanada bilan birga jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak, mamlakat prezidenti esa yaqinda mundial o'tkazilishiga hech narsa tahdid solmayotganini ta'kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya terma jamoasi Ronaldu bilan Aztekada o'ynamasligi mumkin