date

Pol Skoulz Dyo'kereshning «Tottenxem»ga qarshi dublini baholadi

Pol Skoulz Dyo'kereshning «Tottenxem»ga qarshi dublini baholadi

Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Viktor Dyo'kereshning «Tottenxem»ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Arsenal»ning shved hujumchisi London derbisida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining «shporlar» ustidan 4:1 hisobidagi yirik g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

Skoulz The Good, The Bad and The Football dasturida Dyo'kereshning mehnatsevarligini alohida ta'kidlab, u bilan bir jamoada o'ynash yoqimli bo'lishini aytdi. Shuningdek, ekspert Viktor ehtimol, ko'pchilik ko'rgan eng tartibsiz himoyaga qarshi to'p surgan bo'lishi mumkinligini ham qo'shib o'tdi.

Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Eslatib o'tamiz, u 2025 yil yozida Lissabondagi «Sporting»dan Angliyaga ko'chib o'tgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pol Skoulz Dyo'kereshning «Tottenxem»ga qarshi dublini baholadi