Ronaldu penaltidan urib, faoliyatidagi 965-golini nishonladi

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida chorshanba oqshomida «Al-Najma» va «Al-Nasr» o‘zaro bahs olib bormoqda. Ar-Riyodliklar uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq ustunligini ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin boshida Krishtianu Ronaldu penalti ishlab oldi va 11 metrlik zarbani o‘zi aniq ijro etdi.
Shu tariqa portugaliyalik yulduzning umumiy gollari soni 965 taga yetdi. 1000 ta gol marrasiga chiqish uchun Ronaldu yana 35 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishi kerak.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
«Al-Najma» — «Al-Nasr» uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Agar mehmonlar g‘alaba qozonsa, jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamga chiqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!