Yuventus Vlahovich bilan yangi shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda

Turinning «Yuventus» klubi hujumchi Dushan Vlahovichni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuttosport xabariga ko'ra, klub rahbariyati serbiyalik forvard bilan amaldagi bitimni uzaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida ko'rmoqda. Vlahovich yangi shartnomada ham mavsumiga 12 million yevrolik maoshini (bonuslar bilan) saqlab qolishni istayapti. Biroq «Yuventus» futbolchiga yiliga 6 million yevrodan ko'proq to'lashga tayyor emas.
Vlahovichning o'zi «Yuventus»da qolishni afzal bilmoqda va hozircha boshqa klublar bilan muzokara olib bormayapti. Tomonlar kelishuvga erishish yo'lida ish olib bormoqda.
Dushan Vlahovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million yevro evaziga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!