Allardays Chelsi Palmerni baribir mos narxda sotadi

Allardays Chelsi Palmerni baribir mos narxda sotadi

“Vest Hem”ning sobiq bosh murabbiyi Sem AllardaysManchester Yunayted” “Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmerga qiziqayotgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Allardaysning fikricha, “Chelsi” baribir Palmerni munosib taklif bo‘lsa sotishga tayyor bo‘ladi. “Gap shundaki, ‘Manchester Yunayted’da ‘Chelsi’ xohlaydigan pul bormi-yo‘qmi. Palmer yana kamida sakkiz yil yuqori darajada o‘ynay oladi. U ‘Chelsi’ga kelgan ilk kunidanoq o‘z iqtidorini ko‘rsatdi. Hozir jarohat sabab o‘yinida biroz pasayish bor, ammo tez orada avvalgi darajasiga qaytadi”, — dedi Allardays No Tippy Tappy Football’ga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Koul Palmer “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar