Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi mumkin

Milanning «Inter» klubi hujumchi Markus Tyuram bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, «neradzurrilar» rahbariyatining fransuz futbolchining kelajagiga oid qarashlari o'zgargan: endi u jamoada «sotilmaydigan» futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Shu bois, Tyuram yozgi transfer oynasidayoq boshqa klubga sotilishi ehtimoli bor.
Transfermarkt portali 28 yoshli forvardning bozor narxini 60 mln yevroga baholamoqda. Uning «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Avvalroq Tyuram Angliya Premyer-ligasi klublaridan biriga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Tyuram 32 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!