date

Arne Slot APLda autlarga yondashuv keskin o'zgarganini aytdi

Arne Slot APLda autlarga yondashuv keskin o'zgarganini aytdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya klublari aut vaziyatlariga avvalgidan ham jiddiyroq yondasha boshlaganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Premyer-ligada standart vaziyatlar borasidagi yondashuv sezilarli darajada yangilangan: raqib autdan to'pni o'yinga kiritishi uchun ba'zan deyarli bir daqiqa kutishga to'g'ri kelmoqda. Slot klublar autlarni burchak zarbasi kabi qurolga aylantirib, uni taktik element sifatida ishlatayotganini aytdi va «Liverpul» bunday epizodlarda avval yaxshi harakat qila olmaganini ham tan oldi. The Touchline Viaplayga tayanib Slotning fikrlarini keltirdi.

Hozirda «Liverpul» Premyer-liga turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Arne Slot jamoasining navbatdagi uchrashuvi 28 fevral kuni o'z maydonida «Vest Hem»ga qarshi o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot APLda autlarga yondashuv keskin o'zgarganini aytdi