date

Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin

Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin

“Yuventus” hujumchisi Jonatan Devid jamoani tark etish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, kanadalik futbolchi yozda Turin klubidan ketish variantini muhokama qilmoqda. Rahbariyat hamda bosh murabbiy Luchano Spalletti forvardning o‘yinidan to‘liq qoniqmayapti va shu bois transfer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Devid 2025 yilda “Lill”dan erkin agent sifatida “Yuventus”ga kelib qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt Devidning bozor narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin