date

Brentford bosh murabbiy Endryus bilan 2032 yilgacha kelishdi

Brentford bosh murabbiy Endryus bilan 2032 yilgacha kelishdi

Angliyaning "Brentford" klubi rasmiy sayti orqali bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. Kit Endryus yangi kelishuvga imzo chekdi va bitim 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Brentford" joriy mavsumni juda yaxshi o‘tkazmoqda: jamoa hozir APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Endryus jamoani o‘tgan yozda qabul qilib olgan, bungacha esa u Tomas Frank shtabida faoliyat yuritgan.

Klubning APLdagi navbatdagi uchrashuvi shanba, 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. "Brentford" safarda "Bernli"ga qarshi maydonga tushadi, o‘yin 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brentford bosh murabbiy Endryus bilan 2032 yilgacha kelishdi