date

Italiyalik jurnalist Spallettining kelajagi o'zgarmasligini aytdi

Italiyalik jurnalist Spallettining kelajagi o'zgarmasligini aytdi

“Yuventus” Chempionlar ligasidagi yurishini “Galatasaroy”ga ikki o'yin natijalariga ko'ra yutqazib, yakunladi. Turinliklar Turkiyadagi bahsda 2:5 hisobida yirik mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Javob uchrashuvida “byankoneri” kambek qilib, o'yinni qo'shimcha bo'limlarga olib chiqdi, biroq u yerda yana ikki bor gol o'tkazib yubordi va musobaqani tark etdi (3:2).

Nufuzli turnirdan erta chiqib ketilganiga qaramay, klub bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Italiyalik jurnalist Simone Karini “Yuventus”ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishi Spallettining kelajagiga ta'sir qilmaydi, deb hisoblaydi. Uning aytishicha, klub murabbiyga ishonadi va bu mavsumni o'tish davri sifatida ko'rmoqda, yozda esa tarkibda jiddiy o'zgarishlar bo'ladi hamda bu jarayonda bosh murabbiy muhim rol o'ynaydi.

66 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi iyun oxirida yakuniga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiyalik jurnalist Spallettining kelajagi o'zgarmasligini aytdi