date

Viviano bu Milan bilan Skudetto yutib bo'lmaydi deydi

Viviano bu Milan bilan Skudetto yutib bo'lmaydi deydi

Italiyaning "Inter" va "Sampdoriya" klublarida darvozabon bo'lib o'ynagan Emiliano Viviano "Milan"ning chempionlik uchun jiddiy kurashishiga ishonmayapti. Uning fikricha, gap faqat yakuniga yaqinlashib qolgan joriy mavsum haqida emas, umuman olganda jamoaning o'yin uslubi katta sovrinlar uchun yetarli emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Viviano Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa himoyaviy futbol tanlaydigan raqiblarga qarshi juda qiynalishini ta'kidladi. Unga ko'ra, bunday muammo bor klub Skudettoga da'vogarlik qila olmaydi: "Milan" hatto g'alaba qozongan o'yinlarda ham ko'pincha natijani zo'rg'a, katta mehnat bilan olib chiqadi", — deya Viviano so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" oxirgi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Viviano bu Milan bilan Skudetto yutib bo'lmaydi deydi