date

Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin

Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoaning Chempionlar ligasida pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgani «keksalar» rahbariyatini ortga chekinishga majbur qilmagan. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan bitim shartlari bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan.

66 yoshli mutaxassisga xorijdan yana ikki klub qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq kutilishicha, Spalletti yaqin haftalarda aynan «Yuventus» bilan shartnomaga imzo chekadi. Spalletti o'tgan yil oktabr oyi oxirida Turin klubini boshqara boshlagan, amaldagi kelishuvi esa mavsum yakunida tugaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqin