date

Slot Ekitikening bosh bilan o'yinini qanday oshirmoqchi

Slot Ekitikening bosh bilan o'yinini qanday oshirmoqchi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida hujumchi Ugo Ekitike bosh bilan o'ynash borasida qanday ishlayotganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Slotning so'zlariga ko'ra, u futbolchi bo'lgan davrida mashg'ulotlarda to'p arqonga osib qo'yilar, futbolchilar esa zarbalarni alohida tarzda ko'p takrorlash orqali texnikani sayqallashardi. Hozir bunday izolyatsiyalangan mashqlar deyarli qo'llanmaydi, biroq murabbiylar shtabi Ekitike bilan bosh bilan zarba ustida vaqti-vaqti bilan ishlashni davom ettirmoqda.

“Bu har kuni emas, lekin uning o'yinidagi muhim yo'nalishlardan biri. Ugo o'zi ham o'sishni xohlayapti — yana bir-ikki gol ko'proq urish uchun. 22-23 yoshda o'yinda yaxshilasa bo'ladigan detallar bo'lishi tabiiy”, — dedi Slot jurnalistlarga.

“Liverpul” APLning navbatdagi turida 28-fevral, shanba kuni o'z maydonida “Vest Hem”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot Ekitikening bosh bilan o'yinini qanday oshirmoqchi