Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi

“Inter”ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlagach, mavsum va terma jamoa borasidagi rejalarini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Neradzurrilar” Yevropaning eng nufuzli musobaqasida pley-offning styk bosqichida Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
28 yoshli futbolchi Sky Sport'ga bergan intervyusida: “Har doimgidek astoydil ishlayman. Ba'zan mavsum omadli keladi, ba'zan esa hammasi ham o'xshamaydi. Orzularim? Skudetto yutishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni xohlayman. Bu shunchaki orzu emas, erishilishi shart bo'lgan maqsadlar”, — dedi.
Ayni paytda “Inter” A Seriya turnir jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda: 26 turdan so'ng jamoa ikkinchi o'rindagi “Milan”ni 10 ochkoga ortda qoldirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!