date

Real Manchester City bilan to'qnash keladi, Butragenyo fikr bildirdi

Real Manchester City bilan to'qnash keladi, Butragenyo fikr bildirdi

Madridning «Real» klubida jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktor Emilio Butragenyo Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga qur'a natijalariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qur'aga ko'ra, «qaymoqranglilar»ning navbatdagi raqibi «Manchester City» bo'ldi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar 11 va 17 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Butragenyo «City» tarkibi kuchli ekanini ta'kidlab, Gvardiola ixtiyorida turli variantlar borligini aytdi. «Birinchi o'yinni uyda o'tkazamiz, shuning uchun Manchesterdagi javob bahsida himoya qila oladigan yaxshi natijaga erishishimiz kerak», — dedi u.

Ma'lumot uchun, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa pley-offdagi qarama-qarshilikda «Benfika»ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. «Shaharliklar» esa umumiy bosqich yakunlariga ko'ra sakkizinchi o'rinni egallab, 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Manchester City bilan to'qnash keladi, Butragenyo fikr bildirdi